반응형

Qirol Sejong yaratgan hangeul

세종대왕이 만든 한글

 

세종대왕

 Joseonning 25-qiroli Sejong Jeong In Ji, Shin Suk Ju, Pak Peng Nyeon kabi Jiphyeonjeon olimlari bilan birga Hangeulni yaratdi.

 Hali Hangeul yaratilmagan paytda Xitoy iyerogliflaridan foydalanilgan, ammo iyeroglifdan foydalanuvchilar soni juda kam edi. 

 Qirol Sejong barcha odamlar foydalana oladigan oson alifbo yaratmoqchi bo’lib, undoshni odamdagi talaffuz holatini ko’rib, unlini esa osmon va yer, odamning ko’rinishiga qarab yaratdi.

 Undosh va unli jami bo’lib 28-ta harf yaratdi.

 

 

훈민정음

 Ushbu alif bo1443-yili yaratilgan bo’ lib, 1446-yili aholiga  Hunminjeongeum nomi ostida e’lon qilindi. 

 Ushbu so’zning ma’nosi  ’aholi o’rganuvchi to’g’ri tovush’bo’lib, u hangeulning yaratilish jarayoni tasvirlangan kitobdir. 

 Ayni paytda u alif boning ham nomlanishi hisoblanadi.

 Hunminjeongeum Koreya respublikasining qimmatli yodgorliklarining 70-si hisoblanadi. 

 Hunminjeongeum tarixda alifbo yaratilishi yozib qoldirilgan yagona kitob bo’lganligi sababli 1997-yil 1-oktabrda  YUNESCOning jahon yozma merosi qatoriga kiritilgan.

반응형

+ Recent posts