반응형

2020-yilda chet ellik til o'rganuvchilar uchun qabul dasturi

(1 yillik kurs asosida)

 

Gunjang universitetining imtiyozlari

 

1. O'qish uchun to'lov: Yiliga 5,200$ (yotoqxona to'lovi ichida)/ Oziq-ovqat, sug'urta va darsliklar uchun to'lov alohida

 

2. Qabul qilinuvchilar soni: 80 kishi (1 yilda) / har mavsumda 20 kishidan

 

3. Dars jadvali: 4 semestr: Har bir semestr 10 hafta, 200 soatdan iborat. Darslar dushanbadan jumagacha kuniga 4 soatdan ya'ni 09:00dan ~ 13:10gacha olib boriladi (tushlik vaqtini hisobga olgan holda)

Semestrlar

Dars muddati(10hafta)

Qabul muddati

Izohlar

Bahorgi semestr

2020 yil 16 mart

~ 2020 yil 28 may

2019 yil dekabr o'rtasi

~ 2020 yil Mart oxiri

Rejalashtirilmoqda

Yozgi semestr

2020 yil 15 iyun

~ 2020 yil 21 avgust

2020 yil Mart oyi boshi

~ 2020 yil May oyi o'rtasi

Rejalashtirilmoqda

Kuzgi semester

2020 yil 7 sentabr

~ 2020 yil 20 noyabr

2020 yil Iyun oyi boshi

~ 2020 yil Avgust oyi o'rtasi

Rejalashtirilmoqda

Qishki semestr

2020 yil 7 dekabr

~ 2021yil 19-fevral

2020 yil Sentabr oyi boshi

~ 2020 yil Noyabr oyi o'rtasi

Rejalashtirilmoqda

Ushbu jadval vaziyatga qarab o'zgarishi mumkin.

 

4. Hujjat topshirish uchun

- Maktabning yuqori sinf bitiruvchilari yoki litsey-kollej bitiruvchilari

- Bank hisob raqamida 10.000$ dan ortiq mablag' borligi to'g'risidagi ma'lumotnoma

 

5. Talabalarni qo'llab quvvatlash uchun

- Til o'rganuvchilar va chet ellik talabalar kerakli qulayliklar bilan ta'minlanadi (maslahat xonasi, dam olish xonalari);

- Universitet yotoqxonasi bilan ta'minanadi;.

- Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishtirish va boshqalar;

 

6. Darslarga qatnashish

- O'rtacha bahosi 60 balldan yuqori va darsga qatnashganlik darajasi esa 80%dan yuqori bo'lgan talabalargina kursni tamomlagan hisoblanishadi.

 

7. O'qish uchun to'lov pulini qaytarish to'g'risida

- To'lovlar kurs boshlanishidan oldin to'liq qaytarib beriladi. Umumiy dars soatining 3dan 1qismi tugashidan oldin o'qish to'lovining 3dan 2 qismi qaytariladi, umumiy dars soatining 2dan 1qismi tugashidan oldin esa o'qish to'lovining 2dan 1qismi qaytariladi, ammo umumiy dars soatining 2dan 1qismi ham tugagandan keyin to'lov summasi qaytarib berilmaydi.

- Pulni qaytib berishda bank o'tkazmalari uchun to'lovlar arizachining hisobidan to'lanadi va hujjat topshirish to'lovlari ham qaytarib berilmaydi.

 

8. O'qish uchun to'lovlar bo'yicha Universitetning bank ma’lumotlari

- Kookmin bank: 502301-04-397054

- Hisob raqami egasi: Gunjang Universiteti

- Bank kodi: CZNBKRSEXXX

- Pul o'tkazuvchi: Ariza beruvchining ismi bilan bir xil bo'lishi kerak

- Pul o'tkazmasi amalga oshirilgandan so'ng, pul o'tkazmasini tasdiqlovchi ma'lumotnoma faks orqali (063-450-8305) yoki skaner qilib elektron pochta orqali yuborilishi shart.

 

 

KUNJANG Universiteti Xalqaro Aloqalar Bo'limi

반응형

+ Recent posts